» » O‘zbekistonda 1-yanvardan milliy muvofiqlik belgisi bo‘lmagan tovarlarni sotishga taqiq qo‘yish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 1-yanvardan milliy muvofiqlik belgisi bo‘lmagan tovarlarni sotishga taqiq qo‘yish rejalashtirilmoqda


“O‘zstandart” agentligi aholiga sotishdan oldin majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlar ro‘yxatini tasdiqlaydigan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi, deb yozadi Spot.

Hujjatda har birida bir nechta tovarlar bo‘lgan 102 ta punkt mavjud. U oziq-ovqat, transport vositalari, kiyim-kechak, asbob-uskunalar, qurilish materiallari, plastmassa mahsulotlari, suv, minerallar va boshqa ko‘p narsalarni o‘z ichiga oladi.

Agar mahsulot milliy muvofiqlik belgisi bilan markirovka qilinmagan bo‘lsa, uni sotish taqiqlanadi. Loyihada yangi tartibni 2020-yilning 1-yanvaridan joriy etish taklif etilmoqda.

Muvofiqlik belgisi tovarlar O‘zbekistonda amalda bo‘lgan normativ hujjatlarga muvofiq ravishda baholash va tasdiqlashdan o‘tkazilganidan so‘ng qo‘llanishi mumkin.

Mahsulotni sertifikatlashda u sinovdan hamda ishlab chiqarish sharoitlarini majburiy baholash, texnik reglament va standart talablarining qiyosiy tahlilidan o‘tkaziladi.

Ishlab chiqaruvchi mamlakatning texnik reglamentlari, standartlari va me’yorlariga javob bermaydigan mahsulotlarni sertifikatlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Importga kelsak, tijorat maqsadlarida olib kiriladigan tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan mahsulot yoki qadoqdagi davlat tilida majburiy etiketkaga ega bo‘lishi kerak, yopishqoq stikerlardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Mahsulotlar uchun muvofiqlik sertifikatini uch yilga, mahsulot partiyasiga — yaroqlilik muddatiga, kafolat muddati bo‘lmagan muddatga — amal qilish muddatini ko‘rsatmasdan berish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2019, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют