» » Belarus Yevroittifoq bilan viza tartibini soddalashtiradi

Belarus Yevroittifoq bilan viza tartibini soddalashtiradi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Yevroittifoq bilan viza berishni soddalashtirish to‘g‘risida kelishuv imzolaydi. Bu haqda Belarus tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga asoslanib Meduza xabar berdi.

Lukashenko Belarus fuqarolari uchun harakatlanish qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini tushungan holda ushbu qarorni qabul qildi, deyiladi xabarda.

Kelishuv doirasida Belarus fuqarolari uchun Shengen vizasi 60 yevrodan 35 yevroga arzonlashtiriladi. Vizaning bunday turi fuqaroga berilishi haqidagi qaror esa 10 kun ichida (qo‘shimcha tekshiruv talab qilinganida esa 30 kungacha) ko‘rib chiqiladi.

Hujjatlar Belarus milliy assambleyasi tomonidan ratifikasiya qilinganidan keyin qabul qilinadi va ular Yevropa parlamenti tomonidan tasdiqlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2019, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют