» » O‘zbekiston adliya vaziri o‘rinbosari: “Shar’iy nikoh o‘qigani uchun javobgarlikka tortish to‘g‘ri emas”

O‘zbekiston adliya vaziri o‘rinbosari: “Shar’iy nikoh o‘qigani uchun javobgarlikka tortish to‘g‘ri emas”


O‘zbekistonda har yili bitta tumanga 100 ta noqonuniy nikoh to‘g‘ri kelmoqda. Bu raqamni keltirgan senator Enaxon Siddiqovaning fikricha, ba’zida kim tomonidan o‘qilgani ham noma’lum bo‘lgan ayrim sha’riy nikohlar ajrimlar soni oshishiga ta’sir qilmoqda.

“Noqonuniy sha’riy nikoh uchun ayrim qo‘shni davlatlarimizda hatto jinoiy javobgarlik ham belgilangan”, dedi Siddiqova to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining birinchi majlisida.

Senatorning bu so‘zlariga adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev munosabat bildirdi, deya xabar bermoqda “Kun.uz”.

Sha’riy nikoh masalasida bitta narsani to‘g‘ri tushunish kerakki, islom dinida nikohni albatta imom o‘qishi shart, degan narsa yo‘q. Shuning uchun biz bu borada qonun bo‘yicha ham qanaqadir javobgarlik belgilamaganmiz.

Yetarli diniy bilimga ega shaxs nikoh o‘qishi mumkinligini hisobga olsak, ularga javobgarlik belgilash unchalik to‘g‘ri emas.

Xudoyor Meliyev, O‘zbekiston adliya vaziri o‘rinbosari

O‘zbekistonda qonuniy nikohdan o‘tmagan fuqarolarga sha’riy nikoh o‘qigan shaxslar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-moddasi 2-qismi (diniy yig‘ilishlar, ko‘cha yurishlari va boshqa diniy marosimlar o‘tkazish qoidalarini buzish), 241-moddasi (diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) va 47 (3)-moddasi 3-qismi (nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish) asosida jarimaga tortib kelinadi.

Shuningdek, “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorga asosan, oilaviy tadbirlarda diniy mavzuda ma’ruza ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu ma’ruza din idorasining vakolatli vakili tomonidan o‘qilishi shart etib belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют