» » To‘y-hashamlar bo‘yicha Senat qarori takomillashtiriladi. Bu bo‘yicha Respublika komissiyasi tuziladi

To‘y-hashamlar bo‘yicha Senat qarori takomillashtiriladi. Bu bo‘yicha Respublika komissiyasi tuziladi


Oliy Majlisi Senatining 14-yalpi majlisida “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar,?marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaror loyihasiga oid masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgach, aholi tomonidan ko‘plab fikr va mulohazalar bildirildi. Ijtimoiy tarmoqlarda 1,6 million foydalanuvchi tomonidan o‘qilgan, ko‘plab fikr-mulohazalar bayon etilgan.

Oilaviy marosimlarni ixchamlashlashtirishga oid g‘oyani ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa-da, bu borada turli bahs-munozalar hamon davom etmoqda.

Shu bois ushbu masala yuzasidan ma’ruza qilgan Senatning Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Gavhar Alimova Senat qarorini yanada takomillashtirish, bu borada Respublika komissiyasini tuzishga oid qo‘mita taklifini bildirdi.

“Oilaviy marosimlar bilan bog‘liq Senat qarori loyihasini takomillashtirishda tegishli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari faol ishtirok etishi, har bir o‘zbekistonlikning ushbu masala yuzasidan fikri eshitilishi zarur”, — dedi G. Alimova.

Senator o‘z chiqishida Toshkent shahrida yiliga 18-19 ming nikoh qayd etilishi, lekin ularning 20-25 foizi to‘ylardagi ortiqcha dabdabalar oqibatida ajrimlar bilan tugayotganini aytib o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют