» » Senat yalpi majlisida to‘y-hashamlarga oid qaror hozircha qabul qilinmadi

Senat yalpi majlisida to‘y-hashamlarga oid qaror hozircha qabul qilinmadi


O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining XIV yalpi majlisida “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori ma’qullanishi kutilayotgan edi. O‘zAning yozishicha, senatorlar ushbu qarorni hozircha ma’qullamagan.

Oilaviy marosimlarni ixchamlashlashtirish, ma’no va mazmunini qadriyatlarga moslashtirishga oid g‘oyani ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa-da, bu borada turli bahs-munozalar hamon davom etmoqda.

Shu bois ushbu masala yuzasidan ma’ruza qilgan Senatning fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Gavhar Alimova Senat qarorini yanada takomillashtirish, bu borada Respublika komissiyasini tuzishga oid qo‘mita taklifini bildirdi.

Senator o‘z chiqishida Toshkent shahrida yiliga 18—19 ming nikoh qayd etilishi, lekin ularning 20—25 foizi to‘ylardagi ortiqcha dabdabalar oqibatida ajrimlar bilan tugayotgani achinarli hol ekani, bu ushbu tizimda tub islohotlarga ehtiyoj tug‘ilayotganini aytib o‘tdi.

“Oilaviy marosimlar bilan bog‘liq ishlab chiqilgan Senat qarori loyihasini takomillashtirishda tegishli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari faol ishtirok etishi, har bir fuqaroning ushbu masala yuzasidan fikrlarini eshitish zarur. Mayda-chuyda, bachkana odatlarni tag-tomiri bilan yo‘qotishda barcha ishtirok etishi, bu borada xalqning o‘zi tashabbuskor bo‘lishi kerak”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют