» » Senat 29-mart kuni yig‘iladi. Unda DXX to‘g‘risidagi qonun va to‘ylar haqidagi qaror ko‘rib chiqiladi

Senat 29-mart kuni yig‘iladi. Unda DXX to‘g‘risidagi qonun va to‘ylar haqidagi qaror ko‘rib chiqiladi


Oliy Majlis Senatining 14-yalpi majlisini 29-mart kuni Toshkent shahrida chaqiriladi. Bu haqdagi qaror Senat Kengashining 17-mart kuni bo‘lgan majlisida qabul qilingan.

Senatning yalpi majlisi kun tartibiga “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi (yangi tahriri), “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi, “O‘rmon to‘g‘risida”gi (yangi tahriri), “O‘zbekiston Respublikasi uy-joy-kommunal xizmati sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi, “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar kiritilmoqda.

Mavzuga doir: DXXga aylantirilgan MXX bilan bog‘liq so‘nggi beshta muhim voqea

Bundan tashqari, yalpi majlisda senatorlar xalqaro huquqiy hujjatlarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi bir qancha qonunlarni ham ko‘rib chiqadi.

Shuningdek, Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsmani)ning 2017-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot, adliya vazirining 2017-yilda huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati haqidagi axborotini tinglash hamda to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish ham rejalashtirilgan.

Mavzuga doir: “Illat, dard, balo!”. Shavkat Mirziyoyevning dabdabali to‘ylar haqidagi barcha fikrlari (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют