» » Oliy Majlis Senati 29-mart kuni Toshkentda 14-yalpi majlisga yig‘iladi

Oliy Majlis Senati 29-mart kuni Toshkentda 14-yalpi majlisga yig‘iladi


Oliy Majlis Senatining 14-yalpi majlisi 2018-yil 29-mart kuni soat 10:00 da Toshkent shahrida, Senatning  majlislar zalida ochiladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Senatning yalpi majlisi kun tartibiga “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi (yangi tahriri), “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi, “O‘rmon to‘g‘risida”gi (yangi tahriri), “O‘zbekiston Respublikasi uy-joy-kommunal xizmati sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi, “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar kiritilmoqda.

Bundan tashqari, yalpi majlisda senatorlar xalqaro huquqiy hujjatlarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi bir qancha qonunlarni ham ko‘rib chiqadi.

Shuningdek, Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsmani)ning 2017-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot, adliya vazirining 2017-yilda huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati haqidagi axborotini tinglash hamda to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish ham rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют