» » Qibrayda qisqa tutashuv oqibatida ikki hovli yonib ketdi

Qibrayda qisqa tutashuv oqibatida ikki hovli yonib ketdi


Toshkent viloyatining Qibray tumanida 19-sentabr kuni soat 14:56 da “Toshuti” mahalla fuqarolar yig‘ini Yangi Iqbol ko‘chasida joylashgan 4- va 5-uylarda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida voqea joyiga oltita yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga 7 daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida 4-uyning 150 kvadrat metr maydonda tomi, shifti va uy jihozlari va 5-uyning 100 kvadrat metr maydonda tomi, shifti va qisman ichki jihozlari yonib zararlangan. Uylarning 200 kvadrat metr maydonlari olovdan saqlab qolingan.

“Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Hodisaning taxminiy sababi — elektr simlaridagi qisqa tutashuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, — deya xabar bermoqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2019, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют