» » Tarmoqlarda Salim Abduvaliyevning (Salimboy) hashamatli uyiga uyushtirilgan sayohat videosi keng tarqaldi

Tarmoqlarda Salim Abduvaliyevning (Salimboy) hashamatli uyiga uyushtirilgan sayohat videosi keng tarqaldi


Ijtimoiy tarmoqlarda Sport kurashlar assotsiatsiyasi rahbari Salim Abduvaliyevning uyiga uyushtirilgan sayohat tasvirlari tarqaldi. Uy hashamat bilan sharqona usulda bezatilgan, deb xabar beradi “Togri.uz”.

Salim Abduvaliyev 20 yildan beri Milliy olimpiya qo‘mitasida yuqori lavozimlarda ishlab kelayotgan amaldor. Sport kurashlari assotsiatsiyasi rahbari. Yunon-rum va erkin kurashi yo‘nalishida besh karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan sobiq sportchi.

Videodan ko‘rish mumkinki, saroyga kiraverishda katta tenis korti joylashgan. Uyning ichkarisi naqshinkor qilib bezatilgan. U yerda o‘ziga xos kutubxona ham, turli xil esdalik sovg‘alarni ham ko‘rish mumkin.

Ma’lumot uchun, Salim Abduvaliyev erkin kurash bilan shug‘ullanuvchi sport maktabidan yetishib chiqqan avtoritet. U biznes olamida tanilgan odam. Uning barcha kostyum-shimlari, oyoq kiyimlari, uyi, qarorgohi va dachasidagi barcha mebellari taniqli g‘arb dizaynerlari tomonidan buyurtma asosida tayyorlangan va o‘zining maxsus gerbi tushirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2019, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют