» » Dunyodagi eng og‘ir ayolning shifokorlari uni davolayapmiz deb aldayotganlikda gumon qilinmoqda

Dunyodagi eng og‘ir ayolning shifokorlari uni davolayapmiz deb aldayotganlikda gumon qilinmoqda


Misrlik Shayma Salim hindistonlik shifokorlarni uning opasi — dunyodagi eng og‘ir ayol sanaladigan Imon Ahmad Abdulatini semizlikdan davolayapmiz deb aldayotganlikda gumon qilmoqda. Bu haqda Hindustan Times xabar bermoqda.

Salimning so‘zlariga ko‘ra, shifoxona xodimlari Imonning vazn tashlaganini qayta-qayta aytganlariga qaramay, aslida ayol 200 kilogrammdan ko‘p vazn tashlamagan.

“U juda kasal. 10 kun avval unda tromboz sodir bo‘ldi. Bunday holat u bu yerga kelganidan beri ikkinchi bor sodir bo‘lishi”, — dedi Salim. Uning ta’kidlashicha, Imon 1,5 oydan beri og‘ir ahvolda.

Salim opasini davolayotgan hindistonlik shifokorlarni faqat o‘zini reklama qilish va matbuotda shov-shuvga sabab bo‘lish qiziqtiradi, deb hisoblamoqda. “Ular opamni u ma’lum qismdagi vaznni tashlaganini odamlarga ko‘rsatish uchungina operatsiya qildi”, — dedi Salim.

O‘z navbatida, hindistonlik mutaxassis Mufazzal Lakvadala ushbu ayblovni rad etdi. Uning ta’kidlashicha, trombozlar sodir bo‘lmagan, shifokorlardan avval 500 kilogram bo‘lgan Imon esa sezilarli darajada ozib, hozirda 171 kilogram vaznga ega bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Imon Ahmad Abdulati oshqozonni kichraytirish operatsiyasidan so‘ng bir necha raqs harakatini amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-04-2017, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют