» » Salim Ashurov Prezident Administratsiyasida OAV bo‘yicha sho‘ba mudiri bo‘ldi

Salim Ashurov Prezident Administratsiyasida OAV bo‘yicha sho‘ba mudiri bo‘ldi


Shoir Salim Ashurov Prezident administratsiyasi ommaviy axborot vositalari, televideniye va matbuotni rivojlantirish sho‘basi mudiri etib tayinlandi. Bu haqda Turon 24 xabar bermoqda.

Shuningdek, Bahodir Yunusov mazkur sho‘baning bosh konsultanti, Elbek Dolimov esa sho‘baning yetakchi konsultanti lavozimiga tayinlangan.

Salim Ashurov uzoq yillar “Turkiston” (hozirgi “Yoshlar ovozi”) gazetasida bosh muharrir lavozimida ishlagan. Keyin esa Prezident devonida mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Bahodir Yunusov bundan avval ko‘p yillar davomida O‘zbekiston MTRK tizimida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan, so‘ng Vazirlar Mahkamasining departamentlaridan birida ham ishlagan. 2017-yilda MTRK raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Elbek Dolimov esa Axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalarini rivojlantirish vaziriligi matbuot xizmati rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2018, 15:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют