» » Jurnalist Farhod Mahmudov Prezident maslahatchisining o‘rinbosari etib tayinlandi

Jurnalist Farhod Mahmudov Prezident maslahatchisining o‘rinbosari etib tayinlandi


Jurnalist Farhod Mahmudov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Turon24” xabar bermoqda.

Farhod Mahmudov Ommaviy axborot vositalari, ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat, san’at va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmatining rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi.

Avval ko‘p yillar Xayriddin Sultonov boshchilik qilgan ushbu Xizmat rahbari lavozimi hozircha vakant qolmoqda. Avgustda Xayriddin Sultonov qayta tashkil etilgan Prezident Administratsiyasida prezidentning spichrayteri etib tayinlangandan so‘ng, ushbu Xizmatni vaqtincha Abdujabbor Abduvohidov boshqarib kelmoqda.

Tayinlovga qadar Farhod Mahmudov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Axborot” direksiyasining Bosh muharrir o‘rinbosari lavozimida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2018, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют