» » Xayrulla Nuriddinov uch kunlik tanaffusdan so‘ng yana O‘zMTRK raisi birinchi o‘rinbosariga aylandi

Xayrulla Nuriddinov uch kunlik tanaffusdan so‘ng yana O‘zMTRK raisi birinchi o‘rinbosariga aylandi


18-avgust kuni “O‘zbekiston” telekanaliga direktor etib tayinlangan Xayrulla Nuriddinov uch kundan so‘ng yana O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi birinchi o‘rinbosari etib qayta tayinlandi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali xabar bermoqda.

18-avgust kuni O‘zMTRK raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Xayrulla Nuriddinov “O‘zbekiston” telekanali direktori etib tayinlangani, uning o‘rniga Bahodir Yunusov birinchi o‘rinbosar vazifasini bajaruvchiga aylangani ma’lum bo‘lgan edi.

UZ24’ning yozishicha, Xayrulla Nuriddinov birinchi o‘rinbosarlikka qaytgani ortidan Bahodir Yunusov “O‘zbekiston” teleradiokanaliga direktor etib tayinlangan. Qayd etish joiz, Xayrulla Nuriddinov birinchi marta 2017-yil fevralida MTRK raisi birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Nuriddinov nima uchun uch kun avval “O‘zbekiston” teleradiokanaliga boshliq etib tayinlanib, so‘ng yana O‘zMTRK birinchi o‘rinbosarligiga qaytarilgani sabablari hozircha noma’lum.

“O‘zbekiston 24”ning qo‘shimcha qilishicha, Nusrat Hikmatullayev MTRK raisining texnik masalalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan. Mazkur lavozimda bungacha Shuhrat Rasulov mehnat qilib kelayotgan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-08-2017, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют