» » Huquq-tartibot organlari Toshkentda mobil telefon o‘g‘irlanishini deyarli yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi

Huquq-tartibot organlari Toshkentda mobil telefon o‘g‘irlanishini deyarli yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi


Toshkent shahar IIBB poytaxtda jinoyatchilik kamayganini ma’lum qildi. Joriy yilning so‘nggi sakkiz oyi davomida jinoyatlar soni o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan 18,48 foizga kamaygan. Bu haqda IIBB matbuot xizmatiga tayanib, “NUZ.uz” xabar berdi.

Huquq-tartibot idorasining ma’lumotlariga ko‘ra, jinoiy qidiruvlar yo‘nalishida jinoyatlar 27,95 foizga kamaygan, xususan, qotillik sodir etish holatlari 19,57 foizga, og‘ir tan jarohatini yetkazish — 11,58 foizga, o‘g‘irlik — 24,66 foizga, bosqinchilik — 40,63 foizga kamaygan.

O‘g‘irliklar soni 41,09 foizga qisqargan, ular orasida: kvartiralarda o‘g‘irlik — 64,43 foiz, telefon o‘g‘irlash —80,37 foizga, avtomobil salonlaridan buyumlarni o‘g‘irlash — 37,58 foiz.

Shuningdek, firibgarlik holatlarida ushbu ko‘rsatkich 34,83 foizga qisqargan, bezorilik — 37,7 foiz, o‘lim bilan yakunlangan YTH — 47,79 foizga kamaygan. Jamoat joyidagi jinoyatlar esa 41,27 foizga tushgan bo‘lsa, voyaga yetmaganlar ishtirokidagi jinoyatlar 34,78 foizga kamaygan.

Bundan tashqari, statistikaning yaxshilanishiga kun-u tun ishlaydigan shahar militsiya bo‘limlarining tashkil etilishi ham xizmat qilgani ta’kidlandi. Ularning soni har bir tumanning maydonidan kelib chiqqa holda tashkil etilgan. Masalan, Bektemir tumanida 4 ta bo‘lsa, Olmazor tumanida 9 ta.

Bugungi kunda huquq-tartibot idoralari xodimlari voqea joyiga 5—7 daqiqa ichida yetib kelayotgani ham jinoyatlarning oldini olishga hissa qo‘shmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2019, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют