» » Abdulla Azizov Soliq qo‘mitasi raisining IT-texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi

Abdulla Azizov Soliq qo‘mitasi raisining IT-texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi


Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan Daniya qirolligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ishlayotgan Abdulla Azizov Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Abdulla Azizov 2004-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetini tamomlagan. 2003-yil Yaponiyaning Nagoya universitetida iqtisodiyot yo‘nalishida o‘qigan. 2006-yili Daniyaning Orxus universitetida moliya va xalqaro biznes yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasini olgan. 2006-yilda Daniyaning Orxus texnika kollejini IT-dasturchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlab, ushbu yo‘nalishda mehnat faoliyatini boshlagan.

Abdulla Azizov 2006-yildan bugungi kunga qadar Daniyada “Maersk A/S”, “DONG Energy A/S”, “Carlsberg A/S”, “Implement consulting group”, “Vestas A/S” hamda “Danfoss” kompaniyasida moliyaviy biznes loyihalarini avtomatlashtirish sohasida yuqori standartlarni joriy qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Abdulla Azizov Davlat soliq qo‘mitasida joriy yilning may-avgust oylarida ekspert sifatida faoliyat olib bordi. Qisqa davrda Rossiya Federal soliq xizmati, Birlashgan Arab Amirligi, Janubiy Koreya, Xitoy va Jahon banki ekspertlari bilan soliq organlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hamda bu sohada malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha kelishuvlar imzolanishiga erishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют