» » Jurnalistlar Trampning oq tanli erkaklar qurshovidagi suratlari sirini fosh qildi

Jurnalistlar Trampning oq tanli erkaklar qurshovidagi suratlari sirini fosh qildi


OAVlar vakillari AQSh qonun loyihalari muhokama etilishini aks ettirgan va hukumat tarmoqlarga joylovchi rasmiy suratlarda nega faqat erkaklarni ko‘rish mumkinligini tushuntirib berishga urindi. Bu haqda Britaniyaning The Independent nashri xabar bermoqda.

Jurnalistlar vitse-prezident Mayk Pens Twitter’dagi sahifasiga joylagan sog‘liqni saqlash islohoti muhokama etilgan suratda faqat erkaklarni ko‘rish mumkin ekanligini payqadi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini onalik va bolalik masalalarini ham qamrab oluvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqish uchun birorta ham ayol kishi chaqirilmaganligi ajablantirdi.

“Qarang, xona oq tanli erkaklarga to‘la”, — deya e’tibor qaratdi vitse-prezident folloverlari.

Teleboshlovchi Samanta Bi shu munosabat bilan izoh qoldirdi. Uni 35 ming mikrobloger qo‘llab-quvvatladi.

Jurnalistlar qishda Donald Tramp abortlarga qarshi kurashishga qaratilgan farmonni imzolaganda ham rasmiy suratlarda faqat erkaklar aks etganligini eslatib o‘tdi.

The New York Times sharhlovchisi Jill Filipovich rasmiy suratlarda ayollarning yo‘qligini tasodif emas deb hisoblaydi. Uning fikricha, Trampning “Amerikani yana buyuk qilish” shiori “oq tanli odamlar”, jumladan, “oq erkaklar”ga tarixiy ustunlikni qaytarish va’dasini ko‘zda tutadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-03-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют