» » “Imkoniyati yo‘qlarni majburlash — noto‘g‘ri”. Xalq ta’limi vazirligi O‘qituvchilar kuni arafasida ota-onalarga murojaat qildi

“Imkoniyati yo‘qlarni majburlash — noto‘g‘ri”. Xalq ta’limi vazirligi O‘qituvchilar kuni arafasida ota-onalarga murojaat qildi


O‘zbekistonda keng nishonlanadigan 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayramiga sanoqli kunlar qoldi. Ayni paytda mamlakatda mazkur bayramni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda, deyiladi Xalq ta’limi vazirligi murojaatnomasida.

Mazkur jarayonda ba’zi sinflarning qo‘mita vakillari “o‘ta faollik” ko‘rsatmoqda. Ya’ni, o‘qituvchilarni bayram bilan tabriklash maqsadida pul yig‘imlarini tashkil qilish natijasida ayrim ota-onalar noroziligini keltirib chiqarish holatlari uchramoqda.

Xalq ta’limi vazirligi 1-oktyabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayramida farzandlariga bilim va tarbiya berayotgan o‘qituvchilarni o‘z istak, imkoniyatlaridan kelib chiqib tabriklayotgan ota-onalarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

“Lekin o‘qituvchilarni tabriklash natijasida ota-onalar noroziligi kelib chiqishi kerak emas. Agarda kimning imkoniyati bo‘lmasa, boshqa faol ota-onalar tomonidan majburlash yoki ular nomidan umumiy sovg‘a qilish bahonasida majburiy pul yig‘ish noto‘g‘ri”, — deyiladi vazirlik murojaatnomasida.

Xalq ta’limi vazirligi yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda ota-onalar noroziligi bilan undiriladigan barcha yig‘im turlariga chek qo‘yish kerakligini eslatib o‘tgan. “O‘qituvchilarni xursand qilmoqchi bo‘lsak, bayramni haqiqiy ko‘tarinki ruhda nishonlaylik va hech kimni norozi bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaylik”, — deyiladi murojaatnomada.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют