» » “Turkiston” saroyida O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

“Turkiston” saroyida O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi


Toshkentda 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan turli hududlardan kelgan ilg‘or o‘qituvchilar, tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan pedagoglar, ustozlar, olimlar, xalq ta’limi bo‘limlari mutasaddilari to‘plandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbir ishtirokchilari 28-sentabr kuni poytaxtdagi Mustaqillik maydonida bo‘lib, Mustaqillik va ezgulik monumentiga gullar qo‘ydi. “ICT EXPO – 2018” ko‘rgazmasi bilan tanishdi

Shu kuni “Turkiston” saroyida O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Prezidentning bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.

Tantanali yig‘ilishda samarali va halol mehnat qilayotgan, o‘qitish jarayoniga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etishga intilayotgan pedagoglar, ustoz va murabbiylarga yuksak unvonlar, orden va medallarni Bosh vazir Abdulla Aripov hamda Prezidentning maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov tantanali ravishda topshirdi.

Shu yerning o‘zida Xalq ta’lim vazirligi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi – 2018” respublika ko‘rik-tanlovining g‘olib va sovrindorlari diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-09-2018, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют