» » Angliya Liga Kubogi. “Tottenhem” quyi liga vakiliga yutqazib qo‘ydi, “Arsenal” va “Man Siti”da esa yirik g‘alaba

Angliya Liga Kubogi. “Tottenhem” quyi liga vakiliga yutqazib qo‘ydi, “Arsenal” va “Man Siti”da esa yirik g‘alaba


Futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining 3-turi doirasida 24-sentabr, seshanba kuni bir qator uchrashuvlar nihoyasiga yetdi.

Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” mehmonda “Preston”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuvning 19-daqiqasida “shaharliklar” yarim himoyachisi Rahim Sterling hisobni ochgan bo‘lsa, 35-daqiqaga kelib braziliyalik hujumchi Gabriel Jezus hsiobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Oradan 7 daqiqa o‘tib mezbon jamoa vakili Rayan Ledson o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Shu tariqa “mankunianlar” “Preston” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib g‘alaba qozondi va musobaqaning keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shu kuni Londonning “Tottenhem” klubi “Kolchester”ga qarshi maydonga tushdi.

Bahs davomida darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi. Penaltilar seriyasida esa “shporlar” 3:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqadagi yurishini to‘xtatdi (0:0, penaltilar seriyasi — 3:4).

Unai Emeri boshchiligidagi Londonning boshqa bir jamoasi “Arsenal” o‘z maydonida “Nottinhem Forest”ni qabul qildi.

Uchrashuv davomida “to‘pchilar” a’zolari Gabriel Martinelli (31, 90), Rob Xolding (71), Jo Uillok (77) hamda Ris Nelson (84) birin-ketin raqib darvozasiga gol urdi.

O‘yin yakuniga ko‘ra, londonliklar “Nottinhem Forest”ni yirik 5:0 hisobida mag‘lub etdi va musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

Angliya Liga Kubogi

3-tur bahslari

24-sentabr, seshanba

Gollar: 0:1 — 21 Ingz, 0:2 — 44 Ingz, 0:3 — 77 Soaresh, 0:4 — 86 Redmond

Gollar: 0:1 — 34 Grey, 0:2 — 44 Jastin, 0:3 — 79 Tilemans, 0:4 — 86 Ixeanacho

Gollar: 0:1 — 19 Sterling, 0:2 — 35 Gabriel Jezus, 0:3 — 42, avtogol Ledson

Gollar: 1:0 — 28 Uelbek, 1:1 — 34 Serrij, 2:1 — 79 Pereyra

Gollar: 0:1 — 6 Kelvert-Lyuin, 0:2 — 10 Kelvert-Lyuin

Gollar: 0:1 — 23 Vouks, 1:1 — 38 Fergyuson

Gollar: 1:0 — 31 Martinelli, 2:0 — 71 Xolding, 3:0 — 77 Uillok, 4:0 — 84 Nelson, 5:0 — 90 Martinelli

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2019, 03:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют