» » Shavkat Mirziyoyev QQS stavkasini 20 foizdan 15 foizga tushirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev QQS stavkasini 20 foizdan 15 foizga tushirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 20 foizdan 15 foizga tushirishni nazarda tutuvchi qarorni imzolagan. Bu haqda “Korzinka.uz” supermarketlar tarmog‘i rahbari Zafar Hoshimov ma’lum qildi. Ushbu xabarni Moliya vazirligi ham tasdiqladi.

“Ajoyib xushxabar! Ishonchli manbalardan kelgan xabarga ko‘ra, Prezident QQ stavkasini 20 foizdan 15 foizga tushirish haqidagi qarorga imzo chekibdilar. Yangi soliq stavkasi 1-oktabrdan amal qiladi”, — deb yozgan Zafar Hoshimov. Hujjat matni yaqin vaqt ichida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda Moliya vazirligiga QQS stavkasini kamaytirish bo‘yicha aniq asoslangan taklif kiritish haqida topshiriq bergan edi.

Keyinroq Davlat soliq qo‘mitasi videoselektorda Prezident tomonidan stavkani 20 foizdan 15 foizga pasaytirish haqida topshiriq bo‘lgani, bu holatda byudjet tushumlari yiliga taxminan 10 trillion so‘mga yoki YaIMga nisbatan 2 foizga kamayishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

Qayd etishlaricha, O‘zbekiston 2008-yilgi global inqirozdan so‘ng QQS stavkasini sezilarli pasaytirayotgan jahondagi ilk mamlakat bo‘lmoqda. Biznesmen Zafar Hoshimovning fikricha, stavkaning pasaytirilishi “yashirin iqtisodiyot sektorining qisqarishiga va byudjet yig‘imlarining sezilarli oshishiga olib keladi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2019, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют