» » Majburiy ijro byurosi Termizda 12 mlrd so‘mdan ortiq soliq qarzini undirdi

Majburiy ijro byurosi Termizda 12 mlrd so‘mdan ortiq soliq qarzini undirdi


Majburiy ijro byurosi Termiz shahar bo‘limiga 1-sentabrga qadar yuridik shaxslardan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bilan bog‘liq jami 187 ta ya’ni 18 milliard 843 million so‘mlik iqtisodiy sudlar ijro ishlari kelib tushgan. Bu haqda Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, MIB tomonidan 12 milliard 436 million 374 ming so‘m soliq qarzlari undirilgan. Shuningdek, yuridik shaxslar imkoniyati yo‘qligi sabab 1 milliard 421 million 643 ming so‘mlik ijro hujjatini undirib bo‘lmagani uchun “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 40-moddasi talablari asosida qaytarilgan hamda bitta ijro ishi sud qarori bilan bekor qilingan.

Termiz shahridagi qarzdor yuridik shaxslardan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha 12 ta korxonaning ko‘chmas-mulki va avtoransport vositasi xatlanib, “E-Ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasiga 8 turdagi 2 milliard 850 million so‘mlik ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari sotuvga chiqarilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют