» » O‘zbekistonning tashqi qarzi yil boshidan beri 20 foizga o‘sdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi yil boshidan beri 20 foizga o‘sdi


O‘zbekiston tashqi qarzi 2019-yil boshidan beri 20 foizga yoki 3,4 milliard dollarga oshgan holda, 2019-yil 1-iyul holatiga 20,7 milliard dollarni tashkil qildi. Bu ma’lumot Markaziy bank e’lon qilgan 2019-yil birinchi yarim yilligi uchun O‘zbekistonning to‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi to‘g‘risidagi tahlilda keltirilgan.

Umumiy tashqi qarz o‘sishining 3,088 milliard dollari yoki 64 foizi davlat tashqi qarzi (13,174 milliard dollar) hisoblanadi. Bu qarzning 1,018 milliard dollari O‘zbekiston xalqaro obligatsiyalar hisobiga shakllangan. Shuningdek, 330,3 million dollar yoki 36 foiz o‘sish xususiy sektor tashqi qarziga (7,538 milliard dollar) to‘g‘ri keladi.

Sektorlarning xususiy tashqi qarzdagi ulushlari:

O‘rganilayotgan davr mobaynida davlat tashqi qarzi bo‘yicha 203,4 million dollar miqdordagi asosiy qarz va 103,7 million dollar miqdordagi foiz to‘lovlari amalga oshirilgan.

Xususiy tashqi qarz to‘lovlari asosiy qarz bo‘yicha 706,6 million dollar va foiz to‘lovlari bo‘yicha 182,8 million dollarni tashkil qildi. Bunda, asosiy qarz va foizlar bo‘yicha to‘lovlarning eng katta qismini hanuzgacha neft-gaz va energetika sektori korxonalari hamda banklar amalga oshirmoqda.

Jami tashqi qarzlarning 17,050 milliard dollari yoki 82,3 foizi 10 yildan ortiq muddatga jalb qilingan qarzlardir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2019, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 5) ( 0) ( 4) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют