» » O‘zbekistonning tashqi qarzi 17 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi 17 mlrd dollarga yetdi


O‘zbekistonning 2019-yil 1-yanvardagi jami tashqi qarzi 17,3 milliard dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 9,5 foiz yoki 1,5 milliard dollarga ko‘p, deya yozadi Spot.

Jami tashqi qarz miqdori pudratchi kompaniyalar tomonidan taqdim etilgan qarzlarni o‘z ichiga oladi va hisoblangan, lekin undirilmagan foizlarni hisobga olmaydi.

Davlat tashqi qarzlari davlat tomonidan olingan qarz va davlat kafolati ostida olingan qarzlardan iborat. Bu yil davomida 2,4 milliard dollarga oshgan. U hozirda 10 milliard dollar yoki 58 foizni tashkil etadi.

Xususiy tashqi qarz davlat tomonidan kafolatlanmagan davlat korxonalarini o‘z ichiga olgan tashqi qarzlardan iborat. U yil davomida 977 million dollarga kamayib, 7,2 milliard dollar yoki 42 foizni tashkil etgan.

Xususiy tashqi qarzlarning asosiy qismi neft-gaz va energetika sohalariga (5,3 milliard dollar yoki 75 foizga) to‘g‘ri keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют