» » Farg‘onada badgumon er xotinini asossiz pichoqladi. Ekspertiza uning ruhiyatida buzilish aniqladi

Farg‘onada badgumon er xotinini asossiz pichoqladi. Ekspertiza uning ruhiyatida buzilish aniqladi


Farg‘ona viloyati Quva tumani “Go‘zal” mahallasida yashovchi X.K. rafiqasi M.K.ni xiyonatda ayblab, pichoqlagan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining “Daryo”ga xabar berishicha, xiyonatda ayblashlash asos bo‘lib X.K. ruhiyatida o‘zgarish yuz bergani voqeaga sabab bo‘lgan. U rafiqasi M.K.ning turli joylariga xo‘jalik pichog‘i bilan bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazgan.

Ayol yordam so‘rab baqirganida, ovozini eshitgan ovsini hovliga yugurib chiqqan va X.K.ni to‘xtatib qolgan. M.K. og‘ir ahvolda shifoxonaga yotkazilgan. Bosh prokuratura shifokorlar uning hayotini saqlab qolganini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan X.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni damda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: Denovda er-xotin janjali pichoqbozlik bilan yakun topdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-09-2019, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют