» » Abdurashid Jo‘raboyev Prezident maslahatchisiga o‘rinbosar etib tayinlandi

Abdurashid Jo‘raboyev Prezident maslahatchisiga o‘rinbosar etib tayinlandi


O‘zbekiston Prezidenti farmoniga muvofiq Abdurashid Jo‘raboyev Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abduvohid Abdujabborovga o‘rinbosar etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ning hukumatdagi manbalari ma’lum qildi.

Abdurashid Jo‘raboyev bungacha Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bir muddat avval Yoshlar ittifoqi raisi Alisher Sa’dullayev Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisiga birinchi o‘rinbosar etib tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha jurnalist Farhod Mahmudov Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovga OAV masalalari bo‘yicha o‘rinbosar bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2019, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют