» » Prezidentning fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari tayinlandi

Prezidentning fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari tayinlandi


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Odil Qalandarovich Abdurahmonov Prezidentning fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidovning o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” vazirlik matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.

Odil Abdurahmonov (1978-yilda tug‘ilgan) vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida 2018-yil 31-iyuldan buyon ishlagan, ungacha Prezident Administratsiyasida bosh maslahatchi (konsultant) bo‘lib ishlagan, Respublika bandlik, mehnat muhofazasi va aholini ijtimoiy himoya qilish ilmiy markaziga rahbarlik qilgan va iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют