» » Toshkentda YTHlar soni 14,4 foizga kamaydi

Toshkentda YTHlar soni 14,4 foizga kamaydi


Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan poytaxtda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi IIBB matbuot xizmati.

Hozirda Toshkent shahrida yo‘l harakati xavfsizligi oyligi e’lon qilingan bo‘lib, 25-sentabr kunining o‘zida YPX inspektorlari tomonidan belgilanmagan joyda yo‘lni kesib o‘tish holati bo‘yicha 31 ta protokol tuzildi.

Shuningdek, inspektorlar tomonidan svetoforning taqiqlangan belgisida harakatlangan 116 nafar haydovchi, mast holatda transport vositasini boshqargan 11 nafar haydovchi aniqlangan. Bundan tashqari yo‘lning piyodalar o‘tish joyida piyodalarga yo‘l bermagan 225 ta holat qayd etildi. 25-sentabr kuni yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga oid jami 2302 ta holat aniqlandi.

Piyodalarning xavfsizligi uchun yo‘l infratuzilmasi, yo‘l belgilarining holatini doimiy ravishda kuzatib borish muhim. Bu haydovchiga piyodaning ko‘rinishini tezda aniqlash va uning xavfsizligi uchun zarur choralarni ko‘rish imkonini beradi. Shu sababli joriy yilning 11-aprelidan 25-sentabriga qadar 611 ta yo‘l belgilari o‘rnatildi, 1937 tasi almashtirildi, 995 tasi qayta tiklangan bo‘lsa, 166 tasi ta’mirlandi. Muntazam ravishda yo‘l belgilari yangilanmoqda. O‘tgan davr mobaynida 1 023 065 kvadrat metr yo‘l markirovka qilingan.

IIBB xodimlari tomonidan Toshkent shahrida piyodalar ishtirokida yo‘l-transport hodisalari soni keskin kamaydi. Masalan, 1-yanvardan 25-sentabrga qadar yo‘l-transport hodisalari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,4 foizga kamaygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2019, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют