» » 10-mart kuni Toshkent viloyatida mast holatda mashina boshqargan 100 dan ortiq haydovchi aniqlandi

10-mart kuni Toshkent viloyatida mast holatda mashina boshqargan 100 dan ortiq haydovchi aniqlandi


2018 yil 10-mart kuni Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan viloyatning barcha tuman-shaharlarida “Avtopatrul reyd” profilaktik tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Tadbirlar davomida YPX inspektorlari tomonidan mast holda transport vositasini boshqargan 104 xaydovchi aniqlandi. Bundan tashqari, tegishli hujjatlarsiz transport vositasi boshqarish bo‘yicha 114 ta holat aniqlandi. Ushbu holatlar bo‘yicha mamuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Qoidabuzarlar boshqaruvida bo‘lgan avtomashinalar vaqtinchalik jarima maydonlariga qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют