» » Toshkentda o‘tkazilgan reydda mast holatda mashina boshqargan 29 kishi qo‘lga tushdi

Toshkentda o‘tkazilgan reydda mast holatda mashina boshqargan 29 kishi qo‘lga tushdi


2017-yilning 16-dekabr kuni, “Tozalash-Antiterror” tadbiri doirasida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda yo‘l harakati qoidabuzarliklariga yo‘l qo‘yilganlik holatlarini aniqlash borasida o‘tkazilgan ishlar davomida yo‘l harakati ishtirokchilari tomonidan jami 3205 ta qoidabuzarliklar aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy saytida xabar berildi.

Shulardan:

- mast holatda transport vositasini boshqarish – 29 ta;

- transport vositalarini hujjatsiz boshqarish – 22 ta;

- svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik – 38 ta;

- harakat davomida uyali telefondan foydalanish – 65 ta;

- qoraytirilgan oynali transport vositasida harakatlanish– 2 ta;

- bo‘ysunmaslik – 7;

- odam tashish qoidalarini buzish – 409 ta;

- xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik – 1277 ta;

- boshqa qoidabuzarliklar – 1144 ta.

Jami 88 ta transport vositalari jarima maydonchasiga qo‘yilgan.

Hozirda ushbu yo‘nalishda tadbirlarning o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют