» » 12-may kuni Toshkentda YTHlar oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

12-may kuni Toshkentda YTHlar oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi


12-may kuni Toshkent shahri hududida to‘rtta yo‘l-transport hodisalari qayd etildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy sayti xabar berdi.

Mazkur yo‘l-transport hodisalarida ikki kishi tan jarohati oldi, ikki kishi halok bo‘ldi (1, 2).

Bundan tashqari, 12-may kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2072 ta qoidabuzarliklar bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan 601 tasini qo‘pol turdagi qoidabuzarliklar, 26 tasini mast holda transport vositasini boshqarish huquqbuzarliklarini tashkil etdi.

Toshkent shahar IIBB YHHBning Yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashning kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan shu kuni jami 1170 ta qoidabuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 633 tasi svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 537 tasi belgilangan tezlikni me’yoridan yuqori tezlikda harakatlanish qoidabuzarliklarini tashkil etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-05-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют