» » Toshkent chorrahalaridagi kameralar 36 soatda 10 mingdan ziyod qoidabuzarlikni qayd etdi

Toshkent chorrahalaridagi kameralar 36 soatda 10 mingdan ziyod qoidabuzarlikni qayd etdi


15-martdan ishga tushgan Toshkent chorrahalaridagi kameralar 16-martning soat 12:00 gacha bo‘lgan vaqtida 10 mingdan ziyod qoidabuzarlikni qayd etdi. Bu haqda 16-mart, payshanba kuni Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida ma’lum qilindi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qoidabuzarliklarning 4,9 mingdan ortig‘ini svetoforning qizil chirog‘idan harakatlanish, 4,1 mingdan ziyodini tezlikni me’yoridan oshirganlik holatlari tashkil etgan.

Avval xabar berilganidek, kameralar o‘z faoliyatining dastlabki bosqichida faqat ikki qoidabuzarlik — svetoforning qizil chirog‘idan harakatlanish va tezlikni belgilangan me’yoridan oshirish huquqbuzarliklarini qayd etadi.

Aniqlangan huquqbuzarlik to‘g‘risidagi hujjatlar “O‘zbekiston pochtasi” kompaniyasi tomonidan transport vositasi egasining yashash manziliga yuboriladi. Haydovchi ma’muriy jarimani 60 kun ichida to‘lashi shart. Agar jarima o‘z vaqtida to‘lanmasa, transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtiriladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

 

Опубликовано: admin (16-03-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют