» » Toshkentda 27-dekabr kuni 16 ta mast ahvolda transport vositasini boshqarish holati qayd etildi

Toshkentda 27-dekabr kuni 16 ta mast ahvolda transport vositasini boshqarish holati qayd etildi


Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan joriy yil 27-dekabr kuni “Tozalash-Antiterror” tadbiri doirasida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida o‘tkazilgan ishlar davomida jami 2388 qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, 16 ta mast holatda transport vositasini boshqarish, 70 ta transport vositalarini hujjatsiz boshqarish, 23 ta svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik, 21 ta harakat davomida uyali telefondan foydalanish, 234 ta odam tashish qoidalarini buzish, 119 ta tezlikni belgilangan me’yoridan oshirish, 2 ta bo‘ysunmaslik, 843 ta xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik holati qayd etildi.

Jami 105 ta transport vositasi jarima maydonchasiga tortildi. Hozirda ushbu yo‘nalishda tadbirlar o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют