» » Saudiya Arabistoni ilk bor sayyohlik vizasini joriy etadi. Sayyoh ayollarga an’anaviy musulmoncha libos kiymaslikka ruxsat beriladi

Saudiya Arabistoni ilk bor sayyohlik vizasini joriy etadi. Sayyoh ayollarga an’anaviy musulmoncha libos kiymaslikka ruxsat beriladi


Saudiya Arabistoni hukumati chet ellik sayyohlarga 80 AQSh dollariga viza berishni boshlaydi, deb xabar bermoqda Meduza.

Bunday vizani 49 ta davlat fuqarolari qo‘lga kiritishi mumkin. Ularning ro‘yxatini Saudiya Arabistoni keyinroq e’lon qilishga va’da bergan.

Sayyohlar musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Makka va Madinaga bora olmaydi. Bundan tashqari, Saudiya Arabistonining turizm bo‘yicha boshqarma rahbari Ahmad al-Hatibning so‘zlariga ko‘ra, chet elliklarga nisbatan mamlakatning spirtli ichimliklarni taqiqlash qonuni ham tatbiq etiladi.

Bunda chet ellik sayyohlarga abayya (arab ayollarining an’anaviy libosi) kiymaslikka ruxsat beriladi, ularga, shu jumladan, ommaviy plyajlarda ham kamtarona kiyim kiyishining o‘zi yetarli bo‘ladi. Shuningdek, ayollar Saudiya Arabistoniga erkak qarindoshi hamrohligisiz tashrif buyurishi mumkin bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2019, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют