» » Saudiya Arabistoni rahbariyati ayollarning sudya bo‘lib ishlashiga ruxsat bermoqchi

Saudiya Arabistoni rahbariyati ayollarning sudya bo‘lib ishlashiga ruxsat bermoqchi


Saudiya Arabistoni Maslahat kengashi (Majlis ash-Sho‘ro) ayollarning sudya bo‘lib ishlashini taqiqlovchi qonunga tuzatishlar kiritishni taklif qildi. Bu haqda, Saudiyaning “Ajil” yangiliklar portaliga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Nashr manbalarining ma’lum qilishicha, taklif sud tizimi to‘g‘risidagi qonunning 31-moddasiga tuzatish kiritishni, shu yo‘l bilan lavozimga tayinlash chog‘ida “jinsiy vaj bilan tahqirlash”ni bekor qilishga yo‘naltirilgan.

Agar ushbu tuzatish qabul qilinadigan bo‘lsa, oliygohlarning huquq, shariat va hujjat almashinuvi fakultetlarini tamomlagan xotin-qizlar yaqin vaqt ichida umumiy yurisdiksiya sudlarida sudya lavozimida ishlashi mumkin bo‘ladi.

Saudiya Arabistoni podshohi 2017-yil oktabrida mamlakat ayollarining avtomobil haydashiga ruxsat beruvchi farmonni imzolagan edi. Bundan tashqari, 2018-yildan boshlab saudiyalik ayollar mamlakat stadionlarida tashkil etiladigan ommaviy sport tadbirlariga ham tashrif buyurishlari mumkin bo‘ladi.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют