» » Bektemir Meliqo‘ziyev chempionlik kamari uchun jang qiladi

Bektemir Meliqo‘ziyev chempionlik kamari uchun jang qiladi


Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev noyabr oyida o‘zining prof boksdagi uchinchi jangini o‘tkazadi, deya xabar qilmoqda GoSport.

Ma’lum qilinishicha, Meliqo‘ziyev 26-noyabr kuni AQShda bo‘lib o‘tadigan boks kechasida ringga ko‘tariladi. 10 raunddan iborat jang WBA mintaqaviy chempionlik kamari uchun kechadi. Biroq Bektemirga kim raqiblik qilishi hozircha noma’lum bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Meliqo‘ziyev avvalroq argentinalik Martin Fidel Rios va meksikalik Rikardo Luna Floresga qarshi bahs olib borgan hamda ularni nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi.

Yanada ko‘proq boks va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют