» » Qashqadaryoda 100 dan ortiq noyob tog‘ archalari kesilgani aniqlandi

Qashqadaryoda 100 dan ortiq noyob tog‘ archalari kesilgani aniqlandi


Qashqadaryo viloyati davlat o‘rmon xo‘jaligining “Qiziltom” o‘rmon bo‘limi hududlarida noyob tog‘ archalari kesilgani aniqlandi, deb xabar bermoqda Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari 23-sentabr, dushanba kuni “Qiziltom” o‘rmon bo‘limi hududlarida o‘rmon qoidabuzarliklariga qarshi kurashish maqsadida nazorat tadbiri o‘tkazgan. Unda Qashqadaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi mutasaddilarining o‘z ishiga e’tiborsizligi hamda mas’ulyatsizligi oqibatida qator qonun buzilish holatlari sodir etilganligi aniqlangan.

Xususan, o‘rmon xodimi Bozor Shaymurodov bilan birgalikda Qashqadaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi “Qiziltom” o‘rmon bo‘limi hududlari ko‘zdan kechirilganda jami 101 tup turli diametrdagi zarafshon archa daraxtlari tag qismidan kesib taxlab qo‘yilganligi aniqlangan. Shundan:

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 14-ilovasiga asosan tabiatga, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori 129 million 228 ming 500 so‘mni tashkil qildi.

“Yuqorida aniqlangan holatlar bo‘yicha belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim qilish uchun rasmiylashtirilmoqda”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют