» » Bosh prokuratura Bekoboddagi bog‘chada bolalarning ovqatdan zaharlanish holati yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda

Bosh prokuratura Bekoboddagi bog‘chada bolalarning ovqatdan zaharlanish holati yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda


27-sentabr, juma kuni Bekobod shahar 15-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining 14 nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchisi shahar Tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar shifoxonasiga qorin og‘rig‘i kassaligi bilan murojaat qilgani haqida xabar berilgan edi.

Tibbiy tekshiruv natijasiga ko‘ra, 14 nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchiga “o‘tkir diareya gastro enterit” tashxisi qo‘yilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu holatni nazorat ostiga olgan.

Holat yuzasidan voqea joyi ko‘zdan kechirilib, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlardan namunalar olingan va tekshirish uchun viloyat Davlat sanitariya epidemologiya nazorat markaziga yuborilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют