» » “Liverpul” yagona gol evaziga “Sheffild Yunayted”ni mag‘lub etdi

“Liverpul” yagona gol evaziga “Sheffild Yunayted”ni mag‘lub etdi


28-sentabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 7-turi start oldi.

Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” safarda “Sheffild Yunayted” bilan bahs yuritdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi “qizillar”ning ustunligida o‘tgan bo‘lsa-da, tanaffusga qadar hisob o‘zgarmadi. 70-daqiqada Jorjinyo Veynaldumning jarima maydoni tashqarisidan bergan zarbasini mezbonlar darvozaboni qaytarishda xatoga yo‘l qo‘ydi.

Shu tariqa “Liverpul” g‘alabali seriyasini yettitaga yetkazgan holda 21 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi.

APL

7-tur bahsi

28-sentabr, shanba

Gol: 0:1 — 70 Veynaldum.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2019, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют