» » APL. “Liverpul” o‘z maydonida “Nyukasl”ni yengdi (video)

APL. “Liverpul” o‘z maydonida “Nyukasl”ni yengdi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 5-tur bahslariga 14-sentabr, shanba kuni start berildi.

Turning dastlabki bellashuvida Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” klubi o‘z maydonida “Nyukasl”ni sinovdan o‘tkazdi.

O‘yin davomida “Nyukasl” himoyachisi Yetro Villemsning urgan goliga “qizillar” Sadio Mane (28, 40) hamda Muhammad Salohning (72) gollari bilan javob qaytardi.

Shu tariqa “Liverpul” “Enfild”da “Nyukasl” ustidan 3:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Liverpul” ochkolari sonini 15 taga yetkazib, musobaqa jadvalidagi yetakchiligini mustahkamladi.

APL

5-tur bahsi

14-sentabr, shanba

Gollar: 0:1 — Villems, 1:1 — 28 Mane, 2:1 — 40 Mane, 3:1 — 72 Saloh

“Liverpul”: Adrian, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Matip, Oksleyd-Chemberlen (Milner, 75), Fabinyo, Veynaldum (Shaqiri, 84), Mane, Origi (Firmino, 37), Saloh

“Nyukasl”: Dubravka, Villems, Dammett, Kraft (Mankilyo, 67), Lassels, Xeyden, Shelvi, Atsu, Almiron (Muto, 67), Sher (Fernandes, 80), Joelinton

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют