» » Britaniyalik ayol Voice’dagi chiqishiga bir necha kun qolganida vafot etdi

Britaniyalik ayol Voice’dagi chiqishiga bir necha kun qolganida vafot etdi


33 yoshli qo‘shiqchi Sioned Vin Roberts Britaniyaning Voice shou-ko‘rsatuvi (Rossiyadagi “Golos” shousining muqobili)da ishtirok etishiga bir necha kun qolganida olamdan o‘tdi, deya xabar bermoqda Daily Mail.

Tanlov ishtirokchisi 30-mart, payshanba kuni hakamlar qarshisida chiqish qilishi kerak edi. Ayol seshanba kuni kechqurun uyida to‘satdan yiqilgan. Uning turmush o‘rtog‘i Deniel Jons ayolni xushiga keltirishga uringan, biroq uning harakatlari behuda ketgan.

Hodisa joyiga yetib kelgan shifokorlar ayolni darhol jonlantirish bo‘limiga yuborgan. Shifokorlar klinik o‘limni qayd etganidan so‘ng, yana bir yarim soat uni hayotga qaytarishga harakat qilgan, ammo foydasi bo‘lmagan.

Robertsning to‘rt farzandi bor edi, eng kenjasi yaqinda to‘rt yoshga to‘lgan edi. Kutilmagan o‘lim sabablari ma’lum qilinmagan.

Ayol mahalliy C?rNarfon xorida qo‘shiq kuylagan. Oila a’zolarining aytishicha, qo‘shiqchi avval Voice’da ishtirok etgan va X Factor tanlovida qatnashishni rejalashtirayotgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-03-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют