» » AQSh O‘zbekistonda ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlashga 50 mln dollargacha mablag‘ ajratadi

AQSh O‘zbekistonda ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlashga 50 mln dollargacha mablag‘ ajratadi


28-sentabr kuni O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida ta’lim taraqqiyotiga ko‘maklashish bo‘yicha muhim kelishuv (DOAG) imzolandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatni Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, AQSh elchixonasining vakili Alan Melsar va USAID’ning Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchisi Juli Sausfild imzoladi.

Mazkur kelishuvga ko‘ra, AQSh hukumati kelgusi besh yil davomida O‘zbekiston ta’lim sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 million dollargacha mablag‘ ajratadi. Kelishuv doirasida AQSh hukumati mablag‘ning 19,5 million dollarga teng bo‘lgan birinchi qismini ajratdi.

Bu kelishuv AQSh va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasidagi birinchi keng qamrovli grant shartnoma bo‘lib, u Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekiston ta’lim sohasidagi taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash borasidagi uzoq muddatli majburiyatini belgilaydi. Ushbu bitim asosida moliyalashtirilgan tadbirlar boshlang‘ich maktablarda o‘qish va matematikadan dars berish natijalarini yaxshilash, axborot texnologiyalaridan foydalanish hamda ingliz tilini o‘qitishda O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Loyiha Xalq ta’limi vazirligiga o‘quvchilarning axborot texnologiyalari sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan “IT Nation” tashabbusini amalga oshirishda ilmiy asoslangan strategiya yaratishda ko‘mak beradi.

USAID agentligi umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida o‘qish va matematika (EGRA i EGMA) fanlari bo‘yicha tadqiqot ishlari olib boriladi. Ushbu tadqiqotlar o‘g‘il-qizlarning bilimidagi bo‘shliqlarni aniqlashga yordam beradi va ushbu muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘radi. Mazkur loyihaga USAID qo‘shimcha 1,5 million dollar ajratadi.

Shuningdek, USAID agentligi loyiha doirasida Xalq ta’limi vazirligiga zamonaviy ta’lim usullarini joriy etish yo‘llari bilan bir qatorda maktablarda ingliz tilini o‘qitishni takomillashtirishga qaratilgan “English speaking nation” dasturini amalga oshirishda yordam beradi. Agentlik ushbu loyihani amalga oshirish uchun yana 5 million dollar taqdim etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2019, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют