» » Bekoboddagi bolalar zaharlangan bog‘cha vaqtincha yopildi. Mas’ul xodimlar ishdan olinishi mumkin

Bekoboddagi bolalar zaharlangan bog‘cha vaqtincha yopildi. Mas’ul xodimlar ishdan olinishi mumkin


Maktabgacha ta’lim vazirligi Bekoboddagi 15-sonli MTTdagi oziq- ovqatdan zaharlanish holatini chuqur o‘rganib chiqdi, deb xabar bermoqda vazirlik matubot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, bolalar zaharlangani haqidagi ma’lumot yetib kelishi bilan Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislardan iborat ishchi guruhi Bekobodga jo‘natilgan.

Mavzugaa doir: Bekobodda bog‘cha bolalari ovqatdan zaharlandi

Zaharlanish sababini aniqlash maqsadida suv, oziq-ovqat, oshxona jihozlari, xodimlar qo‘li va kiyimlaridan surtmalar, ovqatning sutkalik namunasi, shuningdek kasalxonaga yotkazilgan bolalardan analizlar olingan. Barcha materiallar Davlat Sanitariya-Epidemiologiya Markaziga yuborilgan.

O‘rganish jarayonida quyidagilar aniqlandi:

O‘tkazilgan tekshiruv jarayoni ovqat tayyorlash bloki hamda guruhlarda sanitariya qoidalariga rioya qilinmaganligini ko‘rsatdi.

Mavzuga doir: Bosh prokuratura Bekoboddagi bog‘chada bolalarning ovqatdan zaharlanish holati yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda

MTT faoliyati va epidemiologik tekshiruv natijalari asosida rahbar, hamshira va oziq-ovqat bloki mas’ul hodimlariga nisbatan lavozimdan ozod etishgacha bo‘lganma’muriy choralar ko‘rilishi mumkin.

Ayni vaqtda Bekobodning 15-sonli MTT faoliyati vaqtinchai to‘xtatilgan. U yerda yuvish va dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun, Bekobod shahar tibbiy birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limiga 27- sentabr kuni 19 nafar bola “O‘tkir diareya, gastroenterit” dastlabki tashhisi bilan keltirilgan. Og‘ir holatlar qayd etilmagan, 3 ta bolaning holati o‘rta og‘irlikda, 15 tasi qoniqarli, bitta bola uyga jo‘natilgan. Davolashdan so‘ng, bolalarning barchasidatuzalish tomon ijobiy dinamika kuzatilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-09-2019, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют