» » Bekoboddagi ommaviy zaharlanishdan so‘ng, xonadonma-xonadon surishtiruv olib borilmoqda

Bekoboddagi ommaviy zaharlanishdan so‘ng, xonadonma-xonadon surishtiruv olib borilmoqda


Bekobod shahrida qayd etilgan ovqatdan ommaviy zaharlanish holatidan so‘ng, epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish uchun, surishtiruv ishlari olib borilmqda. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

30—31-mart kunlari Bekobod shahrida 55 kishi ovqatdan zaharlanish tashxisi bilan kasalxonalarga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi. Ularning bir qismi 28-mart kuni Bekoboddagi “Baxt uyi”da bo‘lib o‘tgan nikoh to‘yida, ikkinchi qismi esa “Dildora” to‘yxonasida o‘tgan qiz bazmida qatnashgani aytilmoqda.

Mavzuga doir: Bekoboddagi nikoh to‘yi va qiz bazmidan so‘ng 55 kishi ovqatdan zaharlandi

Xabar berishlaricha, to‘yda 300 kishi, qiz bazmida esa 280 mehmon bo‘lgan. Shu bois, har ikkala tadbirda qatnashgan 600 ga yaqin fuqarolar ro‘yxatini aniqlash, profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish uchun surishtiruv ishlari boshlangan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, buning uchun Bekobod shahar tibbiyot birlashmasidan 136 nafar patronaj hamshira va sanitariya-epidemiologiya xizmatidan 50 nafar mutaxassis jalb etilgan.

“Jalb etilgan hamshira va mutaxassislar xonadonma-xonadon yurib, surishtiruv ishlarini olib bormoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Vazirlik o‘tkazilayotgan davolash, profilaktika va epidemiyaga qarshi tadbirlar, bemorlardan olingan biologik namunalarning laboratoriya tahlili natijalari, yakuniy tashxis to‘g‘risida qo‘shimcha axborot taqdim etishini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2018, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют