» » Janubiy Koreya muxolifati sobiq prezident Pak Kin Xening hibsga olinishini ma’qulladi

Janubiy Koreya muxolifati sobiq prezident Pak Kin Xening hibsga olinishini ma’qulladi


Janubiy Koreyaning “Toburo” demokratik muxolifat partiyasi mamlakat sobiq prezidenti Pak Kin Xening hibsga olinishini ma’qulladi, deb yozadi “TASS”.

“Toburo” rasmiy vakili so‘zlariga ko‘ra, sud qarori Pak Kin Xe qilmishlarining “tabiiy yakuni” bo‘lgan. “Qonun oldida hamma teng”, — dedi Yun Gvan Suk bu borada. U sobiq davlat rahbarini mamlakatdagi siyosiy va ijtimoiy ag‘dar-to‘ntarlarda aybladi va tergov uning jinoyatlari haqidagi “barcha haqiqatlarni oshkor qilishi”ga umid bildirdi.

Prezident saylovlaridagi eng ommabop nomzod Mun Chje In Pak Kin Xening hibsga olinishini “Koreya Respublikasining vayron bo‘lgan binosini qayta qurishga qo‘yilgan birinchi qadam” deb atadi.

Ayni vaqtda sobiq hukmron partiya — Koreya ozodlik partiyasi Pak Kin Xening qo‘lga olinishini “afsuslanishga arziydigan qadam” deb atadi va bunday “og‘riqli tarix boshqa hech qachon takrorlanmasligiga” umid qildi.

Опубликовано: admin (31-03-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют