» » Tokio Pak Kin Xe hibsga olinganidan keyin ham Seul bilan barqaror aloqalarni davom ettirishga umid qildi

Tokio Pak Kin Xe hibsga olinganidan keyin ham Seul bilan barqaror aloqalarni davom ettirishga umid qildi


Yaponiya hukumati Koreya Respublikasidagi siyosiy inqiroz va mamlakat sobiq prezidenti Pak Kin Xening hibsga olinishiga qaramasdan, Tokio va Seul o‘rtasidagi munosabatlar barqaror rivojlanishda davom etishiga umid qiladi. Bu haqda Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Biz Janubiy Koreya bilan — uning hozirgi hukumati bilan ham, kelajakda saylanadigani bilan ham — yaqin hamkorlikni davom ettirishni istaymiz. Bu barcha sohalarga, shu jumladan, Shimoliy Koreya muammosiga ham taalluqli”, — dedi u.

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida, o‘z navbatida ta’kidlashicha, Janubiy Koreya bilan aloqalar mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash nuqtai nazaridan muhim.

Опубликовано: admin (31-03-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 104) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют