» » Zelenskiy Tramp bilan suhbatining ukraincha versiyasi chop etilishiga qarshi chiqdi

Zelenskiy Tramp bilan suhbatining ukraincha versiyasi chop etilishiga qarshi chiqdi


Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy Amerika prezidenti Donald Tramp bilan suhbati stenogrammasining o‘z versiyasida chop etishga qarshi chiqdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

“Mening fikrimcha, suhbatni chop etish to‘g‘ri bo‘lmaydigan ayrim jihatlar va narsalar bor”, — deydi Zelenskiy 30-sentabr, dushanba kuni jurnalistlar bilan suhbatda.

U prezident bo‘lmasidan avval diplomat bo‘lmagani, biroq unda xuddi shunday bir nechta suhbat bo‘lganini qayd etdi.

Mavzuga doir: Nemis jurnalistlari Vladimir Zelenskiyni Germaniya hukumatini haqorat qilishda aybladi

U shuningdek, Ukraina Jo Bayden va uning o‘g‘li Xanterning faoliyatini tekshirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Biroq buning uchun tashabbus mamlakat tergov organlaridan chiqishi kerak, deydi Zelenskiy.

“Bizga hech narsa haqida buyruq berish kerak emas, biz mustaqil davlatmiz”, — deya qo‘shimcha qiladi Zelenskiy.

Zelenskiyning Tramp bilan 2019-yilning 25-sentabrida o‘tkazilgan telefon suhbati Amerika prezidenti impichmenti jarayonini boshlash uchun asos bo‘ldi.

Tramp Zelenskiydan 2020-yilgi prezidentlik saylovi uchun demokratlardan nomzod Jo Baydenning o‘g‘li Xanter Bayden faoliyatini tekshirishni so‘raganlikda gumonlanmoqda.

Mavzuga doir: Kongress Trampga impichment bilan tahdid qilmoqda. Sabab — uning Zelenskiy bilan suhbati. Ahvol ancha jiddiy



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-09-2019, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют