» » Oq uy Trampning Zelenskiy bilan suhbati matnini e’lon qildi. Aynan shu suhbat sabab AQSh prezidentiga qarshi impichment jarayoni boshlandi

Oq uy Trampning Zelenskiy bilan suhbati matnini e’lon qildi. Aynan shu suhbat sabab AQSh prezidentiga qarshi impichment jarayoni boshlandi


AQSh prezidenti ma’muriyati Donald Trampning 25-iyul kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan suhbati matnini (.pdf) e’lon qildi, deya xabar bermoqda Meduza.

Suhbat matnidan ma’lum bo‘lishicha, Tramp Zelenskiydan Jo Baydenning o‘g‘liga tegishli kompaniya ishini tergov qilishni so‘ragan (AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden ayni vaqtda Demokratik partiyadan AQSh prezidentligi uchun eng asosiy nomzod bo‘lib turibdi).

“Jo Baydenning o‘g‘li haqida ko‘p gapirishyapti, emishki, Bayden tergovni to‘xtatgan va ko‘pchilik bu haqda bilishni xohlayapti, shunday ekan, bu borada bosh prokuror bilan birga chora ko‘rolsangiz, ajoyib bo‘lardi. Bayden ta’qibni to‘xtata olgani bilan maqtangan edi, shunday ekan, siz tergov qila olsangiz... Menimcha, juda jirkanch eshitilyapti”, — deb aytgan Tramp suhbat vaqtida. Zelenskiy Ukraina rasmiylari bu ishni tergov qilishini aytgan.

E’lon qilingan stenogrammada qayd etilishicha, bu yerda Tramp va Zelenskiyning suhbati so‘zma-so‘z qog‘ozga tushirilmagan.

Avvalroq The Washington Post gazetasi Tramp suhbat vaqtida Ukrainadagi Baydenning o‘g‘liga tegishli kompaniya faoliyatini tergov qilishda ko‘mak ko‘rsatishi uchun Zelenskiyga go‘yoki bosim o‘tkazgani haqida yozgan edi. Trampning muxoliflari uni Baydenning o‘g‘liga qarshi surishtiruvni Ukrainaga beriladigan 250 million dollarlik yordam bilan bog‘laganlikda ayblab chiqqandi.

AQSh Kongressining Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi 25-sentabr kuni Donald Trampni impichment qilish uchun asos bor-yo‘qligini belgilab beruvchi rasmiy jarayon boshlanganini e’lon qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2019, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют