» » “O‘zstandart” agentligi ishlab chiqarilayotgan sement sifati va xavfsizligi bo‘yicha sinovlar o‘tkazdi

“O‘zstandart” agentligi ishlab chiqarilayotgan sement sifati va xavfsizligi bo‘yicha sinovlar o‘tkazdi


Respublika qurilish obyektlarida foydalanilayotgan sement mahsulotlarinining sifati va xavfsizligini o‘rganish ishlari olib borildi, deb xabar bermoqda O‘zstandart agentligi.

O‘rganish natijasida qurilish obyektlarida 10 turdagi sement mahsulotlaridan namunalar olinib, akkreditlangan sinov laboratoriyasida standart talablari asosida 28 kunlik sinovlar o‘tkazilgan. Standart talablariga asosan sement mahsulotlarining markasini aniqlash uchun 28 kunlik sinovlarni o‘tkazish talab etiladi va bu sinovlar sementning sifati va xavfsizligini aniqlashda asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.

Sinov natijasida 3 turdagi sement mahsulotlari bosimda og‘irlikka chidamlilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha standart talablariga muvofiq kelmadi. 3, 7, 28-kun o‘tkazilgan sinovlarda standart talablari bo‘yicha ko‘rsatkichlar kuzatildi. Kuzatuvlar natijasida, amalda 500 markalik sement mahsuloti 255 markaga to‘g‘ri kelgan.

O‘tkazilgan o‘rganish natijalari yuzasidan sement mahsulotlari sinovini to‘liq o‘tkazish uchun O‘zstandart agentligi tomonidan yagona sinov dasturi tasdiqlangan hamda monitoring qiluvchi idora tomonidan ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar yuborilgan.

Mavzuga doir: “O‘zstandart” elektrotexnika importini cheklash taklifi yuzasidan tushuntirish berdi

Avvalroq O‘zstandart O‘zbekistonda 2019-yilda salkam 3 milliard so‘mlik import mahsulotining talabga javob bermasligi aniqlanganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, agentlik mamlakatga elektrotexnika mahsulotlari importini cheklashni, avval foydalanilgan kiyimlar, texnika, ehtiyot qismlari va shinalar importini taqiqlashni, 2020-yil 1-yanvardan milliy muvofiqlik belgisi bo‘lmagan tovarlarni sotishga taqiq qo‘yishni ko‘zda tutuvchi hukumat qarorlari loyihalarini muhokamaga qo‘ygan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-09-2019, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют