» » O‘zbekiston 2018-yilda Tojikiston sementining asosiy xaridori bo‘ldi

O‘zbekiston 2018-yilda Tojikiston sementining asosiy xaridori bo‘ldi


2018-yilning 11 oyi mobaynida Tojikistonda umumiy hisobda 1,3 million tonna sement eksport qilindi. Bu haqda “Turon 24” xabar bermoqda.

Shundan 738 ming tonna sement mahsulotlari O‘zbekistonga eksport qilingan bo‘lib, joriy yilda mamlakat tojik sementining asosiy xaridoriga aylandi

Joriy yilning yanvar—noyabr oylarida Tojikiston Afg‘onistonga 481 ming tonna, Qirg‘izistonga 85 ming tonna sement eksport qilgan. Eksport qilingan sement mahsulotlarining qariyb 96 foizi tojik-xitoy qo‘shma korxonalarida ishlab chiqarilgan

Tojikiston sanoat va yangi texnologiyalar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yilning yanvar—noyabr oylarida mamlakatda umumiy hisobda 3,5 million tonna sement ishlab chiqarilgan. Ushbu ko‘rsatkich 2017-yilga nisbatan 400 ming tonnaga ko‘p.

Hozirda mamlakatda sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan, yillik umumiy quvvati 5 million tonnaga teng 13 ta sement korxonasi faoliyat yuritmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-12-2018, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют