» » Afg‘onistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida bosh vazir o‘zini g‘olib deb e’lon qildi

Afg‘onistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida bosh vazir o‘zini g‘olib deb e’lon qildi


Afg‘oniston ijro hokimiyati rahbari va mamlakat prezidentligiga nomzod Abdulla Abdulla 30-sentabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida prezidentlik saylovining ikkinchi turini o‘tkazishga zarurat yo‘q deb bayonot berdi. Bu haqda “Afghanistan.ru” xabar qilmoqda.

28-sentabrda bo‘lib o‘tgan ovoz berish natijalari hali rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa ham, nomzod o‘z jamoasining g‘alabasiga ishonch bildirdi.

Afg‘oniston mustaqil saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, ovoz berishda 2,1 million kishi ishtirok etgan. Mutlaq g‘alabaga erishish uchun nomzod 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘plashi kerak, aks holda saylovlarning ikkinchi turi o‘tkaziladi.

Ovozlarni sanash bilan bir vaqtda, Afg‘onistonda saylov huquqining buzilishi haqida arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni ham ketmoqda. Ayni paytda saylovlarda suiiste’mol yuzasidan shikoyatlar bo‘yicha komissiyaga 2275 tadan ortiq shikoyat kelib tushgan.

Abdulla Abdulla ehtimoliy huquqbuzarliklarni izohlar ekan, ovozlarni soxtalashtirish bo‘yicha asosiy xavf biometrik ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini ishlatishdan bosh tortish bilan bog‘liqligini aytgan. Afg‘onistonning shaffof saylovlari jamg‘armasining hisob-kitobiga ko‘ra, 24 foiz saylov uchastkalarining xodimlariga biometrik qurilmalar bilan to‘g‘ri ishlash o‘rgatilmagan, yana 109 ta ovoz berish punktida qurilmalar nosoz bo‘lgan.

Abdulla Abdullaning qayd etishicha, biometrik ro‘yxatdan o‘tkazish tizimidan foydalanish ovozlarni ommaviy ravishda qalbakilashtirishning oldini olish uchun zarur. Uning jamoasi mazkur qurilmalar ishlatilmagan holda olingan ovozlarning haqiqiyligini tan olmaydi.

Mavzuga doir: Afg‘onistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi qonuniyligi shubhalarga sabab bo‘lishi mumkinligi aytildi

Afg‘onistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida uchta asosiy siyosiy guruh kurash olib bordi. MSKning qayd etishicha, ovoz berish kuni Afg‘onistondagi 98 foiz saylov uchastkasi ochiq bo‘lgan. Prezident saylovlari kunida uyushtirilgan hujumlarda 32 nafar odam halok bo‘ldi. Shuningdek, “Tolibon” harakati  saylovlarda 8 nafar kuzatuvchini o‘g‘irlab ketdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2019, 05:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют